Adventistrlar
Adventistrlar (lotincha) — subbotniklar; protestantlik mazhablaridan biri, mazhab a’zolari kishi hayotining mazmuni va oliy burchi Isoning yer yuziga ikkinchi marta kelishi va parvardigor ming yillik podsholigi “boshlanish vaqti yaqinlashganini” kutishdan iborat bo’lishi kerak, deb targ’ibot qiladilar. Adventistrlar 19-asrning 30-yillarida AQShda kapitalizmning rivojlanishi natijasida mushkul ahvolga tushib qolgan mayda burjuaziya orasida paydo bo’lgan. Adventistrlarning ideology U.Miller (1782-1849) “karomati”ga ko’ra, Iso yer yuziga ikkinchi marta 1843 yilda yoki 1847 yilda kelishi kutilgan edi. Adventistrlarning eng yirik tashkiloti “yettinchi kun adventistlari” deb atalib, ular shanba kuni dam oladilar. “Yettinchi kun adventistlari”ning asosiy ta’limoti Isoning yer yuziga ikkinchi marta kelishi yaqin deyishdan iborat. 1975 yilda Adventistrlarlar butun dunyoda 2,5 million kishini tashkil qilgan. Adventistrlarning markazi Vashington, Rossiyada Adventistrlarlar (asosan “yettinchi kun adventistlari”-subbotniklar) Tavricheskiy gubernasida, Kavkaz, Baltika bo’yi, Sibir xalqlari orasida 19-asrning 80-yillarida paydo bo’ldi. Rossiyada 1908 yilda Adventistrlarlarning mustaqil soyuzlari tashkil topdi. AQSh monopolistlari qo’lida qurol bo’lgan Adventistrlarlar taraqqiyotga qarshi reaktsion g’oyalarni tarqatmoqdalar.