Ager publikus

Ager publikus (lotincha Ager publicus-jamoat yeri)-Qadimgi Rimdagi davlat yer jamg’armasi; rimliklar tomonidan bo’ysundirilgan joylardagi yerlar. Undan foydalanishning turli usullari bo’lgan; ko’p qismini patritsiylar egallab olib, o’z xususiy mulkiga aylantirgan. Plebeylarning patritsiylarga qarshi kurashi sabablaridan biri ham Ager publikusni qayta bo’lish va undan foydalanish masalasi edi. Bunday kurash bir qancha agrar qonunlar (masalan, Litsiniy Sekstiy va Grakxlar qonunlari)ni vujudga keltirdi. Imperiya davrida jamoa yerlari qolmadi, provintsiyalardagi hamma yerlar davlat hisobiga o’tdi.