Akinak
Akinak (yunoncha akinakes)-sak, skif va forslarda miloddan avvalgi 1-mingyillik o’rtasi va 2-yarmida qo’l jangida sanchuvchi qurol sifatida ishlatilgan xanjar. Uzunligi 40-60 santimentr atrofida bo’lgan. Belboqqa osib qo’yilgan, pastki uchi esa, ot minganda yoki piyoda yurganda xalaqit bermasligi uchun, yonboshga, tizzadan yuqoriroqqa bog’lab qo’yilgan.