Akritlar
Akritlar (yunoncha akrites)-Vizantiyaning sharqiy viloyatlarida joylashgan dehqon-jangchilar, ular chegaralarni arablar va saljuqiylardan himoya qilgan. Akritlar mahalliy vizantiyalik aholidan yig’ilgan piyoda qo’shin bo’lgan. XIII-XV asrlarda Vizantiya mintaqani turklarga boy bergach, oxir-oqibat Akritlar qo’shin turi sifatida abadiy barham topdi.