Antik davr

Antik davr-keng ma’noda qadimgi davrni anglatuvchi termin: iste’molda bo’lgan ma’noda esa Yunoniston va Qadimgi Rim tarixi hamda madaniyatining ellinizm davrini anglatadi. Umuman Antik davrni quyidagicha davrlashtirish an’anaga aylangan: ilk Antik davr (miloddan avvalgi VIII-II asrlar), mumtoz Antik davr (miloddan avvalgi I-milodiy II asrlar), so’nggi Antik davr (III-V asrlar).