Anshlyus
Anshlyus (nemischa AnschluB-qo’shib olish) — 1-jahon urushidan keyin Germaniyaning Avstiyani o’ziga qo’shib olishdan iborat zo’ravonlik siyosati. Anshlyus 1938 yil 11-12 martda fashistlar Germaniyasining Avstriyani bosib olishi bilan yakunlandi. Avstriya mustaqilligi 1945 yil aprelda, 2-jahon urushi davomida ozod etilganidan so’ng, tiklandi va Anshlyusni taqiqlovchi davlat shartnomasi bilan qonunlashtirildi.