Arxeologik qazish
Arxeologik qazish-maxsus ruxsatnoma asosida yodgorliklar va madaniy qatlamni to’liq o’rganish imkonini beruvchi uslubga (avvalambor, stratigrafik uslubga) rioya qilingan holda arxeologik yodgorliklarni tadqiq etish. Arxeologik qazish turli arxeologik tekshirishning yakunlovchi bosqichi bo’lib, unda sinab ko’rilgan yodgorlik boshdan-oyoq batamom qazib tekshiriladi, tugallangan tarixiy xulosalar chiqariladi.