Arqish
Arqish (turkcha)-VI-XIV asrlarda turkiy xalqlarda uzoq yurtlarga savdo-sotiq ishlari bilan qatnovchi tojiklar, ot-ulovlar, aravalar va ularni boshqaruvchi mutasaddi shaxslar guruhi, ya’ni karvon ma’nosini anglatuvchi istiloh. Arqish Kultegin bitiktoshida, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida ishlatilgan, so’nggi bor XIV asr obidasi Rabg’uziyning “Qisasi Rabg’uziy” asarida qayd etilgan. Hozirgi o’zbek adabiy tilidagi “karvonboshi” ma’nosi qadimda Arqish ulug’i so’z birikmasi yordamida ifodalangan.