A’rof

A’rof (arabcha-to’siqlar)-islom manbalarida, xususan, Qur’onda ta’riflangan jannat bilan do’zax o’rtasidagi joy. O’zbek tilida A’rof o’rnida, odatda, “arosat” istilohi ishlatiladi. Islom aqidasiga ko’ra, qiyomat kuni jannatga ham, do’zaxga ham tushmay o’rtada qoladigan odamlar A’rofda turadilar. Ular jannatda rohat qilayotganlarni ham, azob tortayotganlarni ham ko’rib, ba’zida gaplashib turadilar. Qur’onning 7-surasi A’rof deb nomlangan, A’rof tushunchasi “Avesto”da ham kelgan.