Bavurchi, Bovurchi

Bavurchi, Bovurchi (turkcha)-o’rta asrlarda turkiy xalqlar saroy mansablaridan biri. XIV asrdan turkiy manbalarda qayd etila boshlagan. Oshpaz, bakovul ma’nosida ham qo’llanilgan. Hukmdor oshxonasida xizmat qilgan Bavurchining bakovuldan bir pog’ona past mansab hisoblanganini “Boburnoma”dan bilish mumkin.