Bitik
Bitik-1) tor ma’noda-yozuv, hujjat. Bitiklar turli hajmda bo’lgan. Ular qadimgi turk davriga (eng qadimgi davrdan II asrgacha) mansub bo’lib, turkiy tildagi yozma yodgorliklarni va boshqa tillardan qadimgi turkiy tilga qilingan tarjima asarlarni o’z ichiga olgan. Eng katta Bitik Moyun 80 qatordan iborat. Turkiy Bitiklar O’rxun-Enasoy, uyg’ur, sug’d, money, suryoniy yozuvlarida bitilgan. Ular qabr toshlariga, marmar tosh, oyna, teri va qoyalarga, sopol, yog’och, metal idishlarga yozilgan. Ungin (Ukraina) daryosi bo’yicdan topilgan Bitik turkiy yozma adabiyotning eng qadimgi va mukammal namunasi hisoblanadi. Bitiklarda tarixiylik, xalq og’zaki ijodi, miflar qorishiq tavsifda bo’lgan va ular yozma adabiyotning alohida turini yuzaga keltirgan; 2) keng ma’noda-kitob. Masalan, “Ta’birnoma” (“Irq bitigi”)da kitob ma’nosi ifodalangan.