Burjua inqilobi
Burjua inqilobi-bosh maqsadi feodal tuzum yoki uning qoldiqlarini tugatish, burjuaziya hokimiyatini o’rnatish, kapitalistik taraqqiyot uchun sharoit yaratish bo’lgan inqilob. Ilk Burjua inqilobi Niderlandiya (XVI asr), Angliya (XVII asr)da yuz bergan. AQShda esa XVIII asrda Burjua inqilobi, Buyuk Britaniyaga qarshi mustaqillik kurashi bilan birgalikda kechgan.