Butparastlik

Butparastlik-but, sanam, salib, ikonaga sig’inish odati. Fetishizm, majusiylik kabi ibtidoiy dinlarga xos. Butparastlar butni, sanamni xudolar qiyofasi, timsoli deb bilgnlar. Majusiylikdagi Butparastlik odati xristianlik, buddizm kabi dinlarda ham saqlanib qolgn. Masalan, xristianlikda ikona, krestga, buddizmda haykalchalarga cho’qinishadi. Islom dini shakllanishidan oldin Saudiya Arabistonidagi qabilalar Butparastlik odati bo’lgan, ya’ni har bir qabila o’z xudosiga, uni ifodalovchi butga topingan. Bunday butler Makkadagi diniy ibodatxona-Ka’bada 300 dan ortiq edi. Islom dini shakllanib, yakka xudoga sig’inish paydo bo’lgandan so’ng, butler Ka’badan chiqarib tashlandi. Ko’pxudolikka e’tiqod qiladigan qabilalarda, xususan, Afrikadagi ayrim qabilalarda Butparastlik hali ham bor.