Bo’ta

Bo’ta-oltin, kumush, mis, rux, birinj (bronza) kabilarni eritish uchun ishlatiladigan qadimgi asbob; dumaloq kosacha. O’tga chidamli gilbo’ta loyidan yasalgan. Zargar va rixtagarlar ma’danlarni Bo’tada ko’raga solib eritganlar. XV asr yozma manbalarida tilga olingan.