Votchina
Votchina (ruscha)-1) Rossiyada yer egaligining merosiy ravishda o’tadigan qadimgi turi. X-XIV asrlar (knyaz, boyar, monastir Votchinasi), XIII-XV asrlarda yer egaligining hukmron shakli. XV asr oxirida pomestyega qarshi turgan, lekin XVI-XVII asrlarda u bilan yaqinlashib, XVIII asr boshida birlashib ketgan va yangi tur-imeniye vujudga kelgan. Keyinchalik Votchina-har qanday feodal yer egaligi; 2) Rossiya tarixiy adabiyotlarida feodal yer egaligi majmuasi va u bilan aloqador tobe dehqonlarga bo’lgan huquqlarni anglatuvchi atama. Votchina sinonimlari: senoriya, manor, pomestye.