Gastatlar
Gastatlar (lotincha hastati-ayni ma’nosi nayzabardorlar)-miloddan avvalgi IV-III asrlarda Rim legionidagi og’ir qurollangan piyoda qo’shin avangardi jangchilari. Nomlanishi qurollari-gasta (hasta) dan. Gastatlar tarkibiga ko’pincha printsepslar va triariylardan jangovar tajribasi kamroq, 20-25 yoshli yigitlar kirgan. Dastlab Gastatlar senturiyaning 2-qarotini tashkil etgan, miloddan avvalgi III asrdan manupulaning 1-qatoriga, 2-Puni urushidan so’ng 2-qatoriga qo’yilgan. Mark Kamill islohotlaridan keyin 4200 kishilik legion tarkibiga har birida 120 nafardan Gastatlar bo’lgan 10 ta manipula kiritilgan.