Geteriyalar, eteriyalar
Geteriyalar, eteriyalar (yunoncha hetaireia-jamiyat)-1) Qadimgi Yunonistonda fuqarolarning hukumat tomonidan rasman tan olingan yoxud maxfiy (aksariyat oligarxlik xarakterdagi) siyosiy ittifoqlari; 2) Gretsiyada XVIII asrning 2-yarmi-XIX asr boshlarida usmonli turklar hukmronligiga qarshi kurashni o’z oldiga maqsad qilib olgan maxfiy inqilobiy jamiyatlar. Shulardan 1814 yili Odessada barpo etilgan “Filiki eteriya” umummilliy jamiyat darajasiga ko’tarilgan.