Gistrion
Gistrion (lotincha histrio-aktyor, tragik)-1) Qadimgi Rimda truppa tashkil qilgan professional aktyorlar nomi. Odatda, jamiyatnin quyi tabaqalariga mansub bo’lganlar, ularning kasbi hurmatga loyiq hisoblanmagan, o’zlari ham fuqarolik huquqidan mahrum edilar. Faqat ayrim Gistrionlargina e’tibor qozonishga erishgan. Dastlab Gistrionlar niqobsiz rol ijro etganlar, miloddan avvalgi I asrda yunon teatri ta’sirida Rimda ham niqoblar paydo bo’lgan; 2) ilk o’rta asrlarda (IX-XIII asrlar) Yevropada darbadar hayot kechiruvchi aktyorlar. Ularning san’ati xalq marosim o’yinlaridan kelib chiqqan. Gistrion bir vaqtning o’zida musiqachi ham, raqqos ham, qo’shiqchi ham, qissago’y ham, gymnast ham, hayvonlarni qo’lga o’rgatuvchi va hokazolar ham bo’lishi mumkin edi. Germaniyada shpilmanlar, Fransiyada jonglyorlar, Angliyada menestrellar, Italiyada mimlar, Ispaniyada goliardlar, Rossiyada skomoroxlar Gistrion bo’lgan.