Glossatorlar
Glossatorlar (kechki lotincha glossator, yunoncha glossa so’zidan)-o’rta asrlarda (XI-XIII asrlar) Rim huquqini kodekslar va qonunlar matnlari hoshiyasiga qaydlar (gloss) tuzish orqali izohlovchi italyan huquqshunoslari Glossatorlar maktabiga Bolonyada Irneniy tomonidan asos solingan. Glossatorlar huquq maktabi Italiya, Fransiya va Germaniyada keng tarqalgan.