Gulag
Gulag (ruscha Главнов управление лагерей-Axloq tuzatish-mehnat lagerlari, surgun va qamoqjoylari bosh boshqarmasi)-sobiq sho’rolar davlatida 1934-1956 yillarda axloq tuzatish-mehnat lagerlari tizimiga rahbarlik qilgan NKVD (MVD) bo’linmasi. Uning maxsus boshqarmalari turli joylar, masalan, Qarag’anda, Dalstroy, Solovki, Belomor-Baltika, Vorkuta, Norilsk va boshqa yerlardagi axloq tuzatish mehnat lagerlarini birlashtirgan. Lagerlarda juda og’ir sharoit o’rnatilgan, eng oddiy insoniy huquqlarga ham rioya etilmagan, ish rejimi ozgina buzilgani uchun qattiq jazo berilgan. Ochlik, kasallik va mashaqqatli mehnat tufayli o’lim haddan tashqari ko’p bo’lgan.