Dajjol

Dajjol (arabcha-aldamchi, firibgar)-islom diniga ko’ra, qiyomat alomatlaridan biri bo’lib, qiyomat oldidan paydo bo’ladigan va payg’ambarlik da’vosini qilib, odamlarni to’g’ri yo’ldan ozdiradigan bir ko’zli odamsimon maxluq. U yovuzlik timsoli sifatida ezgulik tarafdorlari-Iso alayhissalom va Mahdiy bilan jang qilib, oxir-oqibatda mag’lub bo’lishi haqida rivoyatlar bor.