Dandana, Dandona
Dandana, Dandona (forscha dandon-tish)-1) qadimgi misrliklarda — mis bo’laklarini bir-biriga ulash usuli. Bo’laklar birining kemtiklariga (tishlariga) ikkinchisining kemtiklari kiritilib jipslashtirilgan va kavsharlangan. Bu usul hozir ham qo’llaniladi; 2) temirchilikda-o’choqning dam chiqarib, metallni qizdiradigan joyi (Andijon, Marg’ilonda); 3) me’morchilikda-g’ishtlarni qirra qilib terib hosil qilinadigan bezak usuli, kungura. Bu usuldan hovuz va gulzor chekkalarini, binolarning yuqori qismlari (karnizlar)ni bezashda foydalaniladi. Turarjoylarda poygoh (oyoq kiyimlari yechiladigan maxsus joy) ham Dandana usulida g’isht bilan atrofdan ajratilgan. Devorlar tepasidagi Dandana devorni qor-yomg’irdan himoya qilgan.