Darik

Darik-Qadimgi Eron oltin tangasi. Darikning paydo bo’lishini ahamoniylar podshosi Doro I (miloddan avvalgi 522-486) nomi bilan bog’laydilar. Bir Darik (og’irligi 8,4 gramm) 5,6 gramm og’irlikdagi 20 ta kumush tanga qiymatiga teng bo’lgan. Doro II Kodoman davrida (miloddan avvalgi 336-330) ikki hissa og’irlikdagi Dariklar (16 gramm) chiqarilgan. Dariklarga keng bichimli sharq kiyimi va kungurali toj kiygan, kamon va nayza ushlab turgan jangchining tasviri tushirilgan. Bunday tangalarning mamlakatimiz hududidan topilishi O’rta Osiyo bilan Eron o’rtasida qadimdan savdo aloqalari mavjudligini ko’rsatadi.