Daston
Daston (forscha-barmoq o’rni, bosqich, parda)-VIII-IX asrlarda cholg’u sozlarining dastasida barmoq bosiladigan joy (yardo)larning nomi. Forobiy “Musiqa haqida katta kitob” asarida o’z davri musiqa amaliyotida qo’llanilgan pardalar nomi keltirgan. Masalan, Daston as-sabboba (ko’rsatkich barmoq pardasi). Daston vusto (o’rta barmoq pardasi). Daston binsir (nomsiz barmoq pardasi), Daston hinsir (jimjiloq pardasi) va boshqalar. XIII-XIV asrlarda Daston o’rniga maqom atamasi ishlatilgan.