Dekurion
Dekurion (lotincha decuriones, curiales)-1) Qadimgi Rimda: 1) dekuriya a’zosi, asosan, qo’shin tarkibidagi suvoriylar dekuriyalari boshlig’i; 2) mahalliy o’zini o’zi boshqarish kengashi (kurial) a’zosi. Miloddan avvalgi IV asrda Dekurionlar provintsiyalarda shaxsiy yer mulkiga ega bo’lgan merosiy aristokratiyani tashkil etgan Rim imperiyasida Italiyada va viloyat shaharlarida oliy tabaqa. Shahar kengashi a’zolari sifatida shahar boshqaruvi, shahar yerlarini ijaraga berish va boshqa ishlarni nazorat qilishgan.