Diktator

Diktator (lotincha dictator, dicto-buyuraman, amr qilaman so’zidan)-1) Qadimgi Rimda yuqori lavozimdagi shaxs. Urushda va mamlakat ichida davlat uchun katta xavf tug’ilgan, juda mushkul favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan paytlarda tayinlangan. Diktator ayni vaqtda, oliy fuqarolik, harbiy va sud hokimiyatiga ega bo’lgan. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ham Diktatorning qo’lida edi. Diktatorlik lavozimiga avval faqat patritsiylar, miloddan avvalgi 356 yilda esa plebeylar ham qo’yilgan. Miloddan avvalgi I asrda muddatsiz diktatura ham bo’lgan (masalan, Sulla, Tsezar va boshqalarning diktaturasi); 2) cheklanmagan hokimiyatga ega yakka hukmron shaxs, hokimi mutlaq.