Dyak
Dyak (yunoncha diakonos-xizmatchi)-munshi, kotib, mirza. Qadimgi Rusda ayrim muassasa (mahkama)larda munshi (kotib) vazifasini bajargan mansabdor, XIV-XV asrlarda davlat muassasalarining xodimi. Dyak dvoryanlar, ruhoniylar va savdogarlar ichidan tanlab olingan va bevosita podsho tomonidan tayinlangan. Keyinchalik Duma tarkibiga kiritilgan va ta’sir doirasi ortib borgan.