Yorliq
Yorliq (turkcha-mo’g’ulcha)-1) turk-mo’g’ul xonlari e’lon qilgan yozma hujjatlar. Diplomatik notalar va davlatlararo bitimlar matni ham xon Yorliqi jumlasiga kirgan. Biroq ko’pincha bu Yorliq Oltin O’rda, Qozon va Qrim xonlari tomonidan o’zlariga tobe turli amaldorlarga, diniy arboblarga berilgan shaxsiy daxlsizlik haqidagi imtiyozli hujjat sanaladi. Yorliq rus knyazlarining o’z yerlarida hukmron bo’lishlarini tasdiqlagan. Rus mitropolitlari xonlarni duo qilganlari tufayli, bu Yorliq bo’yicha rus cherkovi O’rda ma’muriyatiga tobelikdan, o’zlariga qarashli yerlardan olinadigan soliqlardan, turli majburiyatlarni o’tashdan xalos etilgan. Yorliq Oltin O’rdaning hududiy bo’linishi, unga tobe yerlar, ularning ma’muriy tuzilishi, yer egaligi va boshqalar haqida muhim tarixiy manba sanaladi; 2) amirlar va ruhoniylarga biron imtiyoz berilishi haqida podsho, xon muhri bosilgan rasmiy hujjat (masalan, ishonch Yorlig’i).