Zinjantrop

Zinjantrop (Zinj-Sharqiy Afrikaning qadimgi arabcha nomi va yunoncha antropos-odam)-avstralopiteklarga mansub qadimgi qazilma odamsimon maymun. Zinjantrop bosh skeletini ilk bor arxeologik Luis Liki 1959 yili Olduvay darasi (Tanzaniya)dan topgan. Liki uning ensa qismi va kesmasi tuzilishiga ko’ra dastlab Homo urug’iga kiritgan va ekspeditsiya uchun mablag’ ajratgan Boysi sharafiga Boysi zinjantrop deb atagan. Lekin Zinjantropning morfologik tuzilishi uning hatto tosh qurol ham yasashi mumkinmasligini ko’rsatdi, shuning uchun uni Boysi janub odami (Zinjanthropus boisei) deb nomlagan. Zinjantropning bosh skeleti bo’ylab pushtacha otgan, kichik oziq tishlari yirik oziq tishlariga biz oz o’xshash, kurak va qoziq tishlari nisbatan mayda bo’lgan. Dag’al o’simlik bilan oziqlangan. Zinjantrop bundan 2 million yil ilgari yashagan deb taxmin qilinadi.