Zohidlik, asketizm
Zohidlik, asketizm (yunoncha asketis-mashq)-tarkidunyochilik, saqlanish. Xudoning marhamatiga musharraf bo’lish uchun tarkidunyo qilish zarurligi haqidagi diniy tasavvur. Zohidlik xristianlikda monaxlikda ko’rinsa, islomda darvishlik, chilla o’tirish, ro’za tutish, zikr tushish kabilarda namoyon bo’ladi. Tasavvufda Zohidlik Allohning zikriga xalal beruvchi barcha narsalarni tark etish demakdir. Bunda Allohga shirk keltirishdan saqlanish va ibodatda riyodan xoli bo’lish; barcha gunohlardan va harom narsalardan saqlanish va ortiqcha dunyoviy ashyolarga mehr qo’ymaslik nazarda tutiladi.