Iyerogliflar
Iyerogliflar (yunoncha hieros-muqaddas va gluphe-o’yiq)-bir so’z, bo’gin yoki tovushni ifodalashg xizmat qiluvchi grafik ifoda. Iyerogliflarning eng qadimgisi Misr yozuvi belgilari bo’lib, miloddan avvalgi 4-mingyillik oxirida qo’llangan. Hozirdaa 5 mingga yaqin Misr Iyerogliflari ma’lum. Misr Iyerogliflari orasida quyidagilar farqlanadi: 1) bir konsonatli belgilar (30 ga yaqin); bular misr tilidagi undosh tovushlarni ifoda etgan; 2) morfemalarni fonetik ifodalash uchun ikki va uch konsonantli belgilar; 3) bir butun so’zni ifodalash uchun ideogrammalar; 4) determinatlar-so’z ma’nosini aniqlashtiruvchi yordamchi (talaffuz etilamaydigan) ideografik belgilar. Iyerogliflar termini yozuvning boshqa tizimlariga nisbatan ham ishlatiladi. Masalan, qadimgi (miloddan avvalgi 2-minginchi yillar) va hozirgi xitoy yozuvi, xett yozuvining (miloddan avvalgi 2-1 mingyillar) turli tasviriy (mixxat bo’lmagan) belgilar va boshqalarga nisbatan qo’llaniladi.