Inkvizitsiya
Inkvizitsiya (lotincha ingulsitio-qidiruv)-katolik cherkovining sud-tergov tashkiloti; XIII asrda bid’atchilarga qarshi kurashish maqsadida tuzilgan. Rim papasiga bo’ysungan. Inkvizitsiya zamindorlar-cherkov mafkurasi va ular zulmiga qarshi kurashchilarni ta’qib qilgan. 1231 yildan Dominikanlar ordeni ixtiyorida bo’lgan. Inkvizitsiya faoliyati shafqatsizligi bilan ajralib turgan. Inkvizitsiya G’arbiy Yevropaning bir qancha mamlakatlari, ayniqsa, Ispaniyada keng tarqalgi. 1452 yildan Rimdagi Oliy Inkvizitsiya tribunal Inkvizitsiyaning oliy organi bo’lib qoldi. XVI asrda Inkvizitsiya kontrreformatsiyaning asosiy qurollaridan biriga aylandi. XVIII-XIX asrlar davomida tugatildi.