Irqlar

Irqlar-Homo sapiens turi ichidagi sistematik guruhlar. Har bir irq o’ziga xos irsiy belgilar, masalan, ko’z, soch va teri rangi, yuz va bosh chanog’i shakliga binoan Irqlardan farq qiladi. Hozirgi odamlar 3 ta: ekvatorial (negroid, avstrapoid), yevrosiyo (yevropeoid), osiyo-amerika (mongoloid) yoki 5 ta (negroid, avstrapoid, yevropoid, mongoloid, amerikanoid) yirik Irqlarga bo’linadi. Irqlar paleolitning so’nggi davrlarida, bundan 40-30 ming yil avval odam yer yuzini egallash bilan shakllana boshlagan.