Istimdod
Istimdod (arabcha-yordam, ko’mak, madad so’rash)-o’rta asrlarda mahalliy hukmdorlarning, dushman hujumi xavfi tug’ilishi bilan, oliy hukmdorga maxsus chopar yuborib qo’shimcha askar so’rashi. Shuningdek, oliy hukmdor (xon, podshoh)lar biror mamlakatga qarshi harbiy yurish boshlaganda yoki urushda qiyin ahvolga tushib qolganda mahalliy hukmdorlardan ham Istimdod so’raganlar.