Kayzer

Kayzer (nemischa Kaiser, lotincha Caesar so’zidan)-germanlarda monarx unvoni. Qadimgi rimliklarda “Tsezar” (Caesar) unvonidan kelib chiqqan. Nemis tilida “imperator”ni anglatgan va barcha davrlardagi hukmdorlarga nisbatan qo’llanilgan. Yevropaning boshqa tillarida Germaniya (1871-1918)ning 3 nafar imperatori: Vilgelm I, Fridrix III va Vilgelm II ga nisbatan ishlatilgan. Germaniyaning bu paytdagi davri “Kayzer Germaniyasi” deyiladi. Ba’zida Muqaddas Rim imperiyasi va Avstriya imperiyasi imperatorlarini anglatish uchun ham Kayzer atamasidan foydalanilgan.