Kamonchi

Kamonchi-1) yoy, kamon yasovchi usta; 2) yoy, kamon otuvchi mergan. Kamonchilardan tuzilgan maxsus harbiy qismlar, asosan, qo’shinning oldingi safidan joylashib, suvoriylar va boshqa qismlarning muvaffaqiyat bilan olg’a siljishini ta’minlagan; dushman kuchlari ustiga tinmay o’q yog’dirib turgna. Qamal yoki mudofaa janglari vaqtida esa qal’aning burj hamda boru (shinak)lari yoxud xandaq ortidagi pistirmadan hujumga o’tgan dushman askarlarini o’qqa tutgan. Kamonchi istilohiga tegishli keyingi tushuncha moziyda, shuningdek, yoychi, yoyandoz, kamonkash, o’qchi, novakandoz kabi nomlar bilan ham ifodalagan.