Kanopa
Kanopa (yunoncha Kanobos-Qadimgi Misrdagi shahar nomidan)-marhumning mumiyolangan ichki a’zolarini saqlash (Qadimgi Misr) yoki jasadning yoqilgandan keyingi qulini solish uchun mo’ljallangan idish. Eng qadimgi Kanopalar Xetelxeres qabridan topilgan. Har bir murdaga 4 Kanopa ishlatilgan. Kanopaning qopqog’i, odatda, 4 iloh-Gorning o’g’illai boshi bilan bezatilgan: pavian boshlig’i Xapi, shoqol boshli Duamutef, lochin boshli Kvebexsenuf va odam boshli Amset. Har bir Kanopaga solinadigan inson organlari ham oldindan belgilangan: Amsetga jigar, Duamutefga oshqozon, Kvebexsenufga ichaklar, Xapiga o’pkalar joylangan.