Kleruxiyalar
Kleruxiyalar (grechcha, kleruchiai, kleros-chek yer va echo-boshqaraman)-qadimgi yunonlarning bo’ysundirilgan yoki ittifoqchi davlatlar hududida ularni harbiy-siyosiy nazorat qilish, shuningdek, yersiz fuqarolarga yer ajratish maqsadida asos solingan harbiy-ziroatchilik qarorgohlari. Eng ko’p songli Kleruxiyalarga afinaliklar tomonidan asos solingan (birinchi taxminan miloddan avvalgi 570 yili Salamin orolida).