Kollaboratsionizm
Kollaboratsionizm (fransuzcha collaboration-hamkorlik)-xalqaro huquqda ongli ravishda dushman tomon bilan hamkorlik qilishni anglatuvchi atama. Ko’pincha bosqinchilar bilan hamkorlikni anglatish uchun qo’llaniladi. Dastlab Fransiya fuqarolarining 2-jahon urushi davrida (1940 yilgi Vishi rejimi rahbari Peten chaqiruviga binoan) nemis bosqinchilari bilan hamkorligini anglatgan. Keyinroq Germaniya okkupatsiyasi ostida faoliyat yuritgan boshqa hukumatlar (Norvegiyada Kvisling hukumati, SSSRning dushman qo’liga o’tgan hududlaridagi melnikovchilar va hokazolar)ga nisbatan ham ishlatilgan. Shuningdek, gitlerchilar bloki nazorati ostidagi milliy harbiy tashkilotlar (Vlasovning rus ozodlik armiyasi, SSning milliy diviziyalari)ga ham kollaboratsion nomi berilgan.