Kolonlar
Kolonlar (lotincha coloni)-Qadimgi Rimda imperiyaning inqirozi davrida (III-IV asrlar) yarimqaram dehqonlar. Ijtimoiy-iqtisodiy qatlam sifatida imperiyaning g’arbida, birinchi navbatda, Rim Galliyasida keng tarqalgan. Feodal munosabatlar shakllana boshlagan davrida Kolonlar qaram dehqonlarga aylana bordilar.