Kondominium

Kondominium (lotincha con (cum)-birga, dominium-egalik qilish)-bir hududning ikki yoki bir nechta mamlakat tomonidan boshqarilishi. Masalan, Buyuk Britaniya va Misr 1899 yilgi kelishuvga asosan Sudan ustidan Kondominium o’rnatgan (Misr tomonidan 1951 yil 15 oktabrda bekor qilingan). Hozirgi Kondominiumlar: Mozel daryosi (Lyuksemburg va Germaniya, 1816 yili o’rnatilgan), Fazan oroli (Ispaniya va Fransiya, 1659 yili o’rnatilgan) va hokazolar.