Konstebl

Konstebl (inglizcha constable, lotincha comes stabuli-otxona boshlig’i so’zidan)-1) o’rta asrlarda Angliyada saroydagi xo’jalik ishlari bilan mashg’ul xizmatkor, qo’shinlar boshlig’i, shahar amaldorlari yetakchisi vazifasini o’tagan shaxs. Keyinchalik quyi politsiya mansabi; 2) lord-oliy Konstebl-Angliyada oliy davlat amaldorlarining yettinchisi. Lord buyuk kamergerdan quyi, Graf Marshaldan yuqori turgan. Lord oliy Konsteblar dastlab qirollik qo’shinlari, shuningdek, otxonalari rahbarlari bo’lgan. Qolaversa, Graf Marshal bilan birga Oliyjanoblik sudi yoki Vijdon sudi prezidenti hisoblangan. Ilk bor imperaot matilda va Xerefold grafligi tomonidan Mil Glosterskiyga berilgan. Qirol Genrix VIII davrida amalda tugatilgan.