Kontrreformatsiya
Kontrreformatsiya (lotincha contra-qarshi va reformatsiya)-XVI-XVII asrlar o’rtasida Yevropa papalar boshchiligida reformatsiyaga qarshi qaratilgan diniy-siyosiy harakat. Kontrreformatsiya dasturining asosini Trident sobori (1545-1563) qarorlari tashkil etadi. Sobor tomonidan tasdiqlangan aqidalar va qonunlarga zarracha shak keltirish bid’at hisoblangan. Asosan, inkvizitsiya yordamida amalga oshirilgan. Kontrreformatsiyani monaxlik ordenlari qo’llab-quvvatlab turgan. Bu harakat 2 asrdan ko’proq davom etgan.