Kontsentratsion lager, Kontslager
Kontsentratsion lager, Kontslager (yangi lotincha concentratus-to’plangan, jamlangan, lotincha con (cum)-birga, birgalikda va centrum-markaz so’zlaridan)-davlat, siyosiy rejim va boshqalarning haqiqiy yoki gumon qilingan dushmanlarini majburiy ajratib qo’yish uchun mo’ljallangan lager. Kontsentratsion lager oddiy qamoqxonalar, harbiy asirlar uchun va qochoqlar lagerlaridan farqli ravishda urush, keskinlashgan siyosiy kurash lagerlaridan farqli ravishda urush, keskinlashgan siyosiy kurash davrida maxsus dekret asosida tuzilgan. Dastlabki Kontsentratsion lagerlar Kubadagi ozodlik qo’zg’olonlari boshlarida (1895) ispanlar tomonidan, ingliz — burlar urushi (1899-1902) vaqtida inglizlar tomonidan, Rossiyada XKSning “Qizil terror haqida” qarori (1918 yil sentabr) asosida tashkil qilingan. Totalitar rejim sharoitida maxsus maqsad va ommaviy qatag’on vaqtida lagerlarning nomi o’zgartirilgan. Fashistlar Germaniyasida Kontsentratsion lager ommaviy davlat terrori va genotsid quroli bo’lib, u bosib olgan mamlakatlarda tarqalgan. Gitlerchi fashistlar shu mamlakatlarning millionlab tinch aholisini, harbiy asirlarni, nemis vatanparvarlarini Kontsentratsion lagerda qiynab o’ldirishgan. Eng yirik Kontsentratsion lagerlar quyidagilar bo’lgan: Daxau, Buxenvald, Treblinka, Ravensbryuk (ayollar uchun), Zaksenxauzen, Mautxauzen, Sobibor, Osvintsim, Maydanek va hokazolar.