Kreollar

Kreollar (fransuzcha creole, ispancha criollo, creare-barpo qilmoq so’zidan)-1) Lotin Amerikasiga dastlab ko’chib kelgan ispan va portugallarning avlodlari; 2) Braziliya va Lotin Amerikasi hamda Vest-Indiyadagi ingliz, golland, fransuz mustamlakalarida afrikalik qullar avlodi; 3) Syerra-Leone va Liberiyada ozod qilingan afrikalik qullar avlodi; 4) Afrika mamlakatlarida afrikaliklar va kelgindi xalq vakillari nikohidan bo’lgan avlod; 5) XVIII-XIX asrlarda Alyaskaga ko’chib kelgan ruslar bilan indeyslar, eskimoslar va aleutlar nikohidan bo’lgan avlod.