Kurdonyor

Kurdonyor (fransuzcha cour d’honneur-xos hovli)-saroy kabi hashamatli bino tarkibida tashkil etilgan yarimochiq hovli. Yarimochiq hovlili saroy. Ularning old tomoniga hamda yon qanotlariga ba’zan qator ustunlar ishlanib, ko’cha, tashqi maydon va yo’ldan to’siqlar bilan ajratilgan. XVII asr-XIX asr boshlarida Yevropa me’morchiligida keng tarqalgan. Zamonaviy me’morchilikda ba’zan binoning tashqi ko’rinishini hashamatli qilib ko’rsatish uchun qo’llaniladi.