Kuriya

Kuriya (lotincha curia)-Qadimgi Rim aholisining eng ko’hna bo’linmalaridan biri. Rimliklar tasavvuricha, Romul aholini uchta tribaga, tribalarning har birini esa 10 tadan Kuriyaga bo’lgan. 30 ta Kuriyadan har biru xalq yig’inida, kuriat komitsiyalarida bittadan ovozga ega bo’lgan. Kuriyalar dastlabki qo’shin tuzilishining ham asosiga aylangan.