Kutyum
Kutyum (fransuzcha coutume-odat)-Fransiyada feodalizm davrida alohida provintsiyalar, hududlar, shaharlar va boshqalarning odat huquqi. Og’zaki shaklda ham (asosan, mamlakatning shimolida), yozma shaklda ham (mamlakat janubida) mavjud edi. XIII asrda taniqli huquqshunoslarning yozma to’plamlari paydo bo’la boshladi. Bunday asarlarning eng mashhurlari: “Muqaddas Lyudovik nizomlari” (1273) nomli Orlean va Anju Kutyumlari to’plami Bovezi Kutyumlari (1282) va “Normandiyaning buyuk Kutyumlari” (1255 yillar atrofi).