Magistr
Magistr (lotincha magister-boshliq, ustoz)-1) Qadimgi Rimda bir necha lavozimlar nomi (masalan, dictator yordamchisi, imperiyaning so’nggi davrida bosh qo’mondon). Keyinchalik Yevropada ulug’ Magistr (grossmeystr) – katolik ruhoniy-ritsarlar jamoasi boshlig’i; 2) ayrim mamlakatlarda bakalavr va fan doktori o’rtasidagi ilmiy daraja. Tayanch oliy ta’lim kursidan so’ng qo’shimcha dastur bajargan, maxsus imtihonlarni topshirgan va muayyan ilmiy ishni himoya qilgan shaxslarga beriladi.