Madohil
Madohil (arabcha-ostona, eshik)-chapu rost takrorlanuvchi lolasimon shakldagi islomiy naqsh turi; naqsh mujassamotida boshlang’ich (chiqish) nuqta vasifasini o’taydi. IX-XIII asrlardan rivoj topgan Madohil ko’rinishi jihatidan xilma-xil (g’uncha, lola, gul, uchbarg va boshqalar) shakllardan iborat. Me’morchilik va amaliy san’atning deyarli barcha sohalarida keng tarqalgan.